Boshlang’ich sinflarda hayvonlar haqidagi
Ushbu maqola boshlang'ich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklarning obrazlar olamini talqin qilish yo'llariga bag'ishlangan. Maqolada bolalarning ma'naviy tarbiyasi, ularning dunyoqarashini shakllantirishda ertaklarning ahamiyati, ertaklarning bolalar xotirasi, diqqati, tafakkuri rivojiga ta'siri, folklorning epik turlariga mansub ertaklar, hayvonlar haqidagi ertaklarning o'ziga xos xususiyatlari, ularni tahlil qilish metodlari, obrazlar olamini talqin qilish yo'llari, asarni o'qib berish yoki o'qitish orqali badiiy obraz haqida tasavvur hosil qilish, ertakdagi obrazlarni bir-biri bilan qiyoslash, bir ertakdagi obrazlarni boshqa bir ertakdagi obrazlar bilan taqqoslash, obrazlarni tahlil qilish, qahramonlar surati, yashash sharoitiga doir rasmlar chizish kabi masalalar yoritilgan.