🔍

Buxoro xonligi tarixi

Ushbu oʻquv qoʻllanma Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustda va 2015 yil 10 yanvardagi “Oliy taʼlimning Davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy taʼlim tizimini rivojlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909-sonli, 2018 yil 5 iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli va boshqa meʼyoriy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanma maʼlumotlaridan 5120300 – Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) bakalavriat taʼlim yo‘nalishi talabalari uchun o‘tiladigan “Buxoro xonligi tarixi” fani bo‘yicha dars mashg‘ulotlarida foydalanish mumkin. Ushbu o‘quv qo‘llanma Buxoro xonligining tashkil topishi va yuksalishi, tanazzuli sabablarini o‘rganish, bu orqali Buxoro xonligi tarixidan bir tizimli ilmiy asoslangan bilimlar berish, jumladan xonlik aholisining hayoti, ularning mashg’ulotlari, davlatchilik va me’morchilik tarixi, bosqichlari, o’zaro diplomatik va elchilik aloqalari, savdo munosabatlari bo‘yicha dastlabki bilimlar, ko‘nikma va malakalar berishni belgilab beradi.

🔑 Kalit soʻz🎯 75.2%

Ўзбек миллий шевалари корпусини тузишнинг лингвистик асослари (Бойсун тумани “ж”ловчи шевалари мисолида)

Ushbu dissertatsiya Boshrapat tumanining "j" tovushiga ega bo'lgan shevasini o'rganish va o'zbek milliy shevalari korpusini shakllantirishning lingvistik asoslarini ishlab chiqishga bag'ishlangan. Tadqiqotda dialektlarni tasniflash, ularning lug'aviy va grammatik xususiyatlarini tahlil qilish, hamda ularni milliy korpusga integratsiya qilish usullari ko'rsatib berilgan. Kitobda o'zbek dialektologiyasi, lingvistik korpus yaratish va uni tadqiq etish metodologiyalari, hamda dunyo tajribalari yoritilgan. Tadqiqot yakunida dialektlarning lingvistik-didaktik ahamiyati va ularni o'rganish bo'yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 73.9%

Amir Temur – buyuk sarkarda va davlat arbobi

Ushbu to‘plam O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Buxoro davlat universiteti va Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida «Amir Temur – buyuk sarkarda va davlat arbobi» mavzusida o‘tkazilgan konferensiya materiallaridan tashkil topgan. Konferensiya to‘plami Buxoro davlat universiteti “Jahon tarixi” kafedrasi ilmiy kengashining 2022-yil 25-martdagi 28-sonli bayonnomasi va Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Ijtimoiy fanlar o‘quv metodika kengashining 2022-yil 25-martdagi 2-sonli qaroriga muvofiq nashrga tavsiya etilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 73.7%

Qaraqalpaqstanda ósiwshi boyan ósimligi tamırınan glicirrizin kislotasın ajıratıp alıw hám onıń qásiyetlerin úyreniw

Ushbu doktorlik dissertatsiyasi O'zbekiston Respublikasi hududida o'sadigan boyan (Glycyrrhiza glabra L.) o'simligining ildizidan glycyrrhizin kislotasini ajratib olish va uning xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda boyan o'simligining bioekologik xususiyatlari, tarqalishi, ildizning kimyoviy tarkibi va fiziologik faolligi, hamda glycyrrhizin kislotasining dorivor ahamiyati ilmiy jihatdan o'rganilgan. Tajriba qismida glycyrrhizin kislotasini ajratib olish va uni texnik jihatdan tozalash usullari ko'rsatib berilgan. Shuningdek, glycyrrhizin kislotasining turli pH sharoitlarida va konsentratsiyalarda uning fizik-kimyoviy xususiyatlari o'rganilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 73.5%