Каравайка (plegadis falcinellus l. 1766) нинг тарқалиш экологиясига доир янги маълумотлар.
Ushbu maqola Qizilqum cho'lining janubiy qismida shakllangan suv havzalarida karavayka (Plegadis falcinellus) qushining tarqalish ekologiyasiga bag'ishlangan. Maqolada ushbu qushning uya qurish xususiyatlari, tuxum qo'yish davri, jo'jalarining o'sishi va oziqlanishi, shuningdek, ularga ta'sir etuvchi omillar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Tadqiqotlar 2001-2005 yillar davomida olib borilgan kuzatuvlar natijasida yozilgan.