Ишлаб чиқариш эҳтиёжларидан келиб чиқиб, ўқув адабиётлари яратиш
Ushbu kitob sug'oriladigan yerlar meliorativ holatini yaxshilash va nazorat qilishga bag'ishlangan. Unda suv xo'jaligi sohasidagi islohotlar, sug'oriladigan yerlarning meliorativ holati va kadastri, yerlar meliorativ holatini nazorat qilish tizimi, sug'orish tarmoqlarida suv sarfini aniqlash usullari, yerlar meliorativ holatini yaxshilash bo'yicha hududiy dasturlar, meliorativ obyektlardan foydalanish, kollektor-drenaj tarmoqlari, geodezik asboblar va zamonaviy axborot texnologiyalarini irrigatsiya sohasiga tatbiq etish kabi mavzular yoritilgan. Qo'llanma suv xo'jaligi tashkilotlari muhandislari, texnik xodimlar, gidrotexniklar va suv iste'molchilari uyushmalari rahbarlari uchun mo'ljallangan bo'lib, kasb-hunar kollejlari o'qituvchilari uchun ham foydali bo'lishi mumkin.