Корректив курс" лингводидактик тушунчасининг илмий талқини
Ushbu maqola oliy o'quv yurtlarida, xususan, texnik oliy o'quv yurtlarida chet tilini o'qitishda "korrektiv kurs"ning o'rni va uning lingvodidaktik mohiyati hamda ushbu kursni tashkil etish metodikasi masalalarini qamrab oladi. Tadqiqotda "korrektiv kurs" tushunchasining etimologik va lingvodidaktik jihatlari ochib berilgan. Chet tilini o'rgatishda yuzaga keladigan umumiy xatolarni bartaraf etish maqsadida qo'llaniladigan ushbu kursning ahamiyati ta'kidlanadi. Maqolada, shuningdek, kommunikativ-kognitiv yondashuv asosida chet til o'qitishning zamonaviy metodologiyasi va bu jarayonda talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olish zarurati ham ko'rsatib o'tilgan.