Костюм тарихи
Ushbu ishchi o'quv dasturi O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2018 yil "03" 03 dagi №-5320900-3.13-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Kostyum tarixi” fani dasturi asosida tayyorlangan. Fanning ishchi o'quv dasturi Guliston davlat universiteti Uslubiy kengashining tasdiqlangan bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Dastur kafedrada muhokama qilinib, qabul qilingan va fakultet ilmiy kengashining qarori bilan tasdiqlangan. Dasturda kostyum kompozitsiyasi tushunchalari, uslublari, tarixi, modaning rivojlanishi, uning funksiyalari, kompozitsiya qonuniyatlari, vositalari, kategoriyalari, turli davrlardagi xalqlarning liboslari tahlil qilinadi va o'rganiladi. Zamonaviy va o'zbek mentalitetiga xos mahsulot yaratishda kostyumning asosiy qonuniyatlari, qoidalari, liboslarda tarixiy kostyum elementlarini konstruktiv-dekorativ yechimi qo'llash bo'yicha bilimlar beriladi. Fanning maqsadi – talabalarga har xil tarixiy va milliy dekorativ san'at turlarini, xalqning tarixiy kostyum elementlarini o'rgatish hamda ularni libos yaratish jarayonida tadbiq etish ko'nikmasini hosil qilishdan iborat. Mazmun jihatidan fanning dolzarbligi, uning ijtimoiy-madaniy ahamiyati, shuningdek, O'zbekistonning moddiy madaniyatining tarixiy-madaniy merosini o'rganishdagi o'rni ham ochib berilgan. Dasturda nazariy va amaliy mashg'ulotlar, mustaqil ta'lim mavzulari va baholash mezonlari belgilangan.