Менежмент
Ushbu kitob Namangan muhandislik pedagogika institutining 5A340201 – “Menejment” (ishlab chiqarish) magistratura mutaxassisligi magistrantlari uchun malakaviy amaliyotni tashkil etish boʻyicha dastur va uslubiy koʻrsatmasidir. Unda amaliyotning maqsad va vazifalari, mazmuni, hisobotni rasmiylashtirish tartibi, baholash mezonlari va boshqa zarur ma'lumotlar keltirilgan. Kitob magistrlarga amaliyot davrida nimalarga e'tibor berish kerakligi, qanday topshiriqlarni bajarish lozimligi, hisobotni qanday tayyorlash va himoya qilish haqida yo'l-yo'riq beradi.