Муддатли мехнат шартномаларини тузишни тартибга солувчи кормаларни такомиллаштириш
Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasida muddatli mehnat shartnomalarini tuzish tartibini takomillashtirish va unga oid normativ-huquqiy bazani rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan. Unda muddatli mehnat shartnomalarining turlari, ularni tuzish asoslari, jumladan, ishning xususiyati, uni bajarish shartlari va xodimning manfaatlarini hisobga olgan holda tuzilishi hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda tuzilishi atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada muddatli mehnat shartnomasi muddatini belgilashning uchta usuli, xorijiy davlatlar tajribasi va O'zbekistonda mehnat qonunchiligini yanada takomillashtirish bo'yicha takliflar ham ko'rib chiqilgan.