🔍

Мутахасссисликка кириш

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "Buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi uchun "Mutaxassislikka kirish" fanidan mustaqil ishlarni bajarish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar sifatida chop etilgan. Ko'rsatmalar 5340900 – "Buxgalteriya hisobi va audit" ta'lim yo'nalishi birinchi bosqich talabalariga mo'ljallangan bo'lib, ushbu fandan mustaqil ishlarni tashkil etish masalalarini o'z ichiga oladi.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Mutahasisslikka kirish

Ushbu uslubiy ko'rsatma O'zR OO’MTVning 2018 yil 25 avgustdagi 744-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan “Mutaxassislikka kirish” fanining na'munaviy dasturi talablari asosida ishlab chiqildi. Mazkur uslubiy koʻrsatma oliy o'quv yurtlari Arxivshunoslik ta'lim yoʻnalishining bakalavriat bosqichi talabalari uchun tayyorlangan boʻlib, unda arxivshunoslik ta'lim yo'nalishi o'quv rejasidagi fanlarga oid atamalar bo`yicha bilimlar, ko`nikma va malakalar berish belgilab berilgan. Ushbu uslubiy koʻrsatma Namangan davlat universiteti oʻquv-uslubiy kengashining 2018-yil 28- noyabrdagi 7- sonli yig'ilishida muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 83.2%

Мутахассисликка кириш

Ushbu kitobda psixologiya faniga kirish, uning predmeti, vazifalari, ob'ekti va ahamiyati, psixologik bilimlar olami, psixologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishi, psixologik maktablar, psixologiya rivojiga hissa qoʻshgan ulug' olimlar, psixologiya tarmoqlari, psixologiya fani rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari, psixolog-mutaxassislar tayyorlash muammolari kabi mavzular chuqur yoritilgan. Shuningdek, psixolog faoliyatining ko'rinishlari va sohalari, kasbiy muhim sifatlar, psixolog shaxsi, psixolog faoliyatini nazorat qiluvchi ahloqiy me'yorlari va etik tamoyillar, psixolog kasbiy faoliyatida psixologiya metodlari va ularning ahamiyati, psixolog faoliyatini tashkil etish bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar, mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni hamda asosiy va qoʻshimcha oʻquv adabiyotlar haqida ham ma'lumot berilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 79.0%

Мутахассисликка кириш

Ushbu kitob qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish sohasida oliy ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu sohaning nazariy va amaliy asoslarini, shuningdek O‘zbekiston va jahon energetikasining rivojlanish istiqbollarini o‘z ichiga oladi. Kitobda elektr energiyasining manbalari, elektr uskunalarining turlari, ularning texnik xususiyatlari, elektr tarmoqlari, avtomatlashtirish tizimlari va energiyadan samarali foydalanish masalalari batafsil yoritilgan. Bundan tashqari, kitobda o'quv jarayonini tashkil etish, talabalarning huquq va majburiyatlari, ilmiy-tadqiqot ishlari va o'qitish metodlari ham ko'rib chiqilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 79.0%