Органик кимё
Ushbu kitob organik kimyo faniga oid ma'ruzalar matnidan iborat bo'lib, unda organik birikmalarning tuzilishi, xossalari, reaksiyaga kirishish qobiliyati va ularni olish usullari haqida ma'lumotlar berilgan. Kitob, asosan, farmatsiya yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, tibbiyotda qo'llaniladigan sintetik dorivor moddalar haqida ham ma'lumotlar beradi. Kitobda organik birikmalarning sinflanishi, nomenklaturasi, izomeriyasi, kimyoviy bog'lanish turlari va ularning xususiyatlari batafsil yoritilgan.