Пахтани дастлабки ишлаш технологиясида таъминлаш жараёнини такомиллаштириш
Ushbu kitob paxtani dastlabki ishlash texnologiyasida uni havo yordamida tashish jarayonini takomillashtirishga bag'ishlangan. Unda paxtani dastlabki ishlashda yuzaga keladigan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlab chiqarish unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Kitobda yangi texnologiyalarni joriy etish, mavjud uskunani takomillashtirish, energiyani tejash va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar natijalari keltirilgan.