Одам савдоси –трансмиллий жиноят
Ushbu maqola «Odam savdosi – transmilliy jinoyat» mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda odam savdosining mohiyati, uning transmilliy uyushgan jinoyat sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari, jinoyatga qarshi kurash borasidagi xalqaro va milliy normalar, shuningdek, ushbu jinoyat bilan bog'liq jahon statistik ma'lumotlari hamda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan huquqiy-normativ chora-tadbirlar atroflicha yoritilgan. Xususan, maqolada odam savdosining global muammoga aylangani, uning gender, yosh, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari, jinoyatning turli ko‘rinishlari (jinsiy ekspluatatsiya, majburiy mehnat, organ savdosi va boshqalar), ushbu jinoyatning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamda milliy qonunchilik asoslari, xususan, O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari, Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalar, shuningdek, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar batafsil tahlil qilingan.