Уйғониш даври Марказий Осиё мутафаккирларининг сиёсий етакчилик тўғрисидаги қарашлари
Ushbu bitiruv malakaviy ishi Oʻzbekistonda huquqiy demokratik davlat qurishda etakchi boʻlib kelayotgan shahar, tuman va viloyatlarning hokimlari hamda boshqa rahbarlar uchun ibrat maktabidir. Kitobda Markaziy Osiyo mutafakkirlarining siyosiy etakchilik toʻgʻrisidagi qarashlari ilmiy-tadqiqot asosida tahlil qilingan. Xususan, IX-XII asrlarda Abu Nasr Forobiyning jamiyat, boshqaruv va davlat rahbari haqidagi qarashlari, Abu Ali Ibn Sino va Abu Rayhon Beruniyning jamiyat, davlat hamda ijtimoiy siyosiy munosabatlar nazariyasiga qoʻshgan hissasi, Nizomulmulkning «Siyosatnoma yoki Siyar ul-mulk» asarida davlat boshqaruvi va siyosiy etakchilikka doir qarashlari, XIV-XV asrlarda jamiyat va davlatni boshqarish ilmining rivojlanishi, Amir Temurning davlatni boshqarish ta'limoti, Alisher Navoiy asarlarida ma'rifatli, odil hukmdor g'oyasining olgʻa surilishi, Husayn Voiz Koshifiyning «Axloqi muxsiniy» asarida amir, vazirlarning aqlu farosati, oʻzini tutishi toʻgʻrisidagi fikrlari oʻrganilgan. Kitobda, shuningdek, adolatli va kuchli davlatni boshqarishning nazariy jihatlari, davlat boshqaruvining muhim tamoyillari, jumladan, xalqparvarlik, insonparvarlik va adolat kabi tushunchalar tahlil qilingan.