Фан ва техника тараққиётида хотин-қизларнинг ўрни
Ushbu to'plam Toshkent davlat texnika universiteti tomonidan 2017-yil 18-19-may kunlari o'tkazilgan "Fan va texnika taraqqiyotida xotin-qizlarning o'rni" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanining materiallarini o'z ichiga oladi. Unda O'zbekiston oliy ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-o'qituvchilar, ilmiy xodimlar va talabalarning fan va texnika sohasidagi ilmiy ishlanmalari, erishgan yutuqlari hamda ushbu yo'nalishlarda olib borilayotgan tadqiqotlar natijalari keltirilgan. To'plamda fan va texnika taraqqiyotida xotin-qizlarning faol ishtirokini ta'minlash, ularning ilm-fan rivojiga qo'shgan hissasi, mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishdagi o'rni kabi masalalar yoritilgan.