Klinik farmatsiya va farmakokinetika fanidan o`quv-uslubiy majmua
Ushbu kitob "Klinik farmatsiya va farmakokinetika asoslari" fanining dolzarbligi, maqsadi va vazifalarini, dorilarni tanaga kiritish yo'llari, so'rilishi, tarqalishi, metabolizmi va chiqarilishi, shuningdek, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari (yurak ishemik kasalligi, aritmiya, yurak etishmovchiligi, ateroskleroz, arterial gipertenziya), oshqozon-ichak kasalliklari (me'da yarasi, enterit, kolit), jigar kasalliklari, yuqumli kasalliklar, bronxial astma, revmatizm, qandli diabet va buyrak kasalliklari kabi keng tarqalgan kasalliklarning patofiziologiyasi, farmakoterapiyasi va farmakokinetikasi asoslarini o'z ichiga oladi. Shuningdek, kitobda dorilarni qo'shib ishlatishning nojo'ya ta'sirlari, ularning oldini olish yo'llari va dorilarni ratsional qo'llash haqida ma'lumotlar berilgan.