Феминистик бадиий матнда метафора фаоллашувининг когнитив-стилистик жиҳатлари (“Жейн Эйр” романи асосида)
Ushbu dissertatsiya «Jeyn Eyr» romani asosida zamonaviy feministik adabiyot matnlarida metaforaning kognitiv-stilistik jihatlari, uning mohiyati va amaliy qo‘llanilishi masalalarini tadqiq etadi. Tadqiqotda metafora hodisasining tabiatini yoritishda, uning lingvistik va noolingvistik omillar bilan bog‘liqligini ochib berishda, kognitiv-stilistik xususiyatlarini belgilashda yangi yondashuvlar taklif etilgan. Xususan, metaforalarning qahramonlar nutqida qanday faollashuvi, ularning dunyoqarashi bilan qanday bog‘liqligi, shuningdek, matnning umumiy uslubini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilingan.