Этико-филосфские аспекты интегральной медицины
Ushbu kitob tibbiyotda integrativ yondashuvning mohiyatini, falsafiy va etik asoslarini chuqur tahlil qiladi. Zamonaviy tibbiyotning murakkab muammolarini yechishda, jumladan, xronik kasalliklar, psixosomatik buzilishlar va qarish jarayonlari bilan bog'liq muammolarni hal qilishda integrativ tibbiyotning o'rni alohida ta'kidlangan. Kitobda shaxsning biologik, psixologik, ijtimoiy va ma'naviy jihatlarini o'z ichiga olgan yaxlit yondashuvning ahamiyati, bemor bilan hamkorlik, shaxsiy tibbiy yondashuv, profilaktika va sog'lomlashtirish usullari atroflicha ko'rib chiqilgan. Shuningdek, sun'iy intellektning tibbiyotdagi o'rni, uning diagnostika, davolash va sog'liqni saqlash tizimini boshqarishdagi roli, etika va shaxsiy ma'lumotlar xavfsizligi masalalari ham qamrab olingan. Integrativ tibbiyotning dunyo tibbiyotida tobora ortib borayotgan ahamiyati va uning kelajakdagi rivojlanish istiqbollari ham yoritilgan.