Формализация процедуры построения адаптивной системы регулирования температуры пароперегревателя на основе рекуррентных нейронных сетей
Ushbu maqola, issiqlik energetikasining muhim sohasi bo'lgan bug' qizdirgichlari uchun haroratni boshqarish tizimini qurish jarayonini rasmiylashtirishga bag'ishlangan. Unda avtomatik boshqaruv tizimlarining so'nggi yutuqlari, xususan, takrorlanuvchi neyron tarmoqlari (RNN) qo'llanilgan holda haroratni boshqarishning adaptiv tizimlarini yaratish masalasi ko'rib chiqiladi. Maqolada ushbu tizimlarning murakkab texnologik jarayonlarda, xususan, o'zgaruvchan sharoitlarda qanday samarali ishlashi, avtomatlashtirishning dolzarb vazifalari va bu sohadagi ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinadi. Shu bilan birga, o'rganilayotgan tizimlarning identifikatsiyasi va adaptatsiyasi uchun gibrid tizimlar, jumladan, neyro-fazi tizimlaridan foydalanishning ilmiy ahamiyati ta'kidlanadi. Tadqiqot natijasida takrorlanuvchi neyron tarmoqlar yordamida boshqariladigan bug' qizdirgichining harorat rejimini boshqarish tizimini yaratish usullari taklif etiladi va uning samaradorligi ko'rsatiladi.