Фотометрическое определение висмута с помощью 1-(5-метил-2-пиридилазо)-5-диэтиламинофенола
Maqolada vismut ionlarini aniqlashning yangi fotometrik usuli ishlab chiqilgan bo'lib, u 1-(5-metil-2-piridilazo)-5-dietilaminofenol (PADEAF) reagentiga asoslangan. Vismut og'ir metallar qatoriga kirsa-da, uning toksikligi o'rtacha darajada. Maqolada vismutning PADEAF bilan kompleks hosil qilish reaksiyasining optimal sharoitlari o'rganilgan, vismutni spektrofotometrik usulda aniqlash imkoniyati ko'rsatilgan hamda turli omillarning ta'siri aniqlangan, komplekslarning fizik-kimyoviy xarakteristikalari hisoblangan. Vismutni begona ionlar ishtirokida selektiv spektrofotometrik aniqlash sharoitlari optimallashtirilgan. PADEAF reagentining afzalliklari, xususan, sintezning osonligi va tadqiqotchilar uchun qulayligi ta'kidlangan. Reagent va vismut ioni kompleksi suvda yaxshi eriydi. Kompleks va reagentning spektrlari olingan, yuqori sezuvchanlik va kontrastlik ko'rsatilgan, molar yutilish koeffitsienti aniqlangan. Vismut va reagentning molyar nisbati aniqlangan, Buer-Lambert-Ber qonuniga bo'ysunish intervali va sezuvchanlik ko'rsatilgan. Ishlab chiqilgan usulning selektivligi o'rganilgan va "kiritilgan-topilgan" usuli bilan tekshirilgan.