Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasiga differensial yondashuv asosida harbiy litsey o‘quvchilarining ruscha nutqini rivojlantirish
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti harbiy akademik litsey o'quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda rus tilini o'qitishga differensial yondashuv asosida ularning ruscha nutqini rivojlantirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi mazmunini va metodikasini takomillashtirish, shuningdek, o'quvchilarda vatanparvarlik tuyg'usini rivojlantirish bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqotda turli xil zamonaviy pedagogik texnologiyalar, jumladan, interaktiv metodlar, geymifikatsiya, kvestlar va rolli o'yinlar kabi usullardan foydalangan holda o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini oshirish, ularning til o'rganishga bo'lgan motivatsiyasini kuchaytirish hamda ijtimoiy faolligini rivojlantirish nazarda tutilgan. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, unda keltirilgan tavsiyalar va ishlab chiqilgan o'quv-uslubiy materiallar harbiy ta'lim tizimida o'quv-tarbiya jarayonini takomillashtirishga, pedagog kadrlar malakasini oshirishga, shuningdek, sohaga oid muammolarni hal etishga yordam beradi.