Ekologik biotexnologiya
Ushbu darslik ekologik biotexnologiya fanining nazariy va amaliy masalalarini yoritib beradi. Unda ekologik muammolarni bartaraf etishda biotexnologiyaning o’rni, chiqindilarni qayta ishlash, organik chiqindilarni biokonversiyalash, tuproq ekologiyasi, suv resurslarini tozalash va tiklash, tabiiy energiya manbalari, biogaz ishlab chiqarish, biomassa energiyasi, suv o’tlaridan foydalanish, biohavfsizlik va ekoxavfsizlik kabi muhim mavzular qamrab olingan. Darslikda har bir mavzu oxirida nazorat savollari va test topshiriqlari ham keltirilgan bo’lib, bu talabalarning bilimini mustahkamlashga yordam beradi. Shuningdek, kitobda fan bo'yicha foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati ham keltirilgan.