Шекспир сонетларининг бадиий услуби ва уни таржимада қайта тиклаш масаласи
Ushbu avtoreferat O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan dissertatsiya mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda Buyuk Britaniyalik dramaturg va shoir Uilyam Shekspirning sonetlari badiiy uslubi, ularning jahon va o'zbek adabiyotlariga ta'siri, shuningdek, bu sonetlarni o'zbek tiliga tarjima qilishning lingvopoetik jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda Shekspir sonetlarining paydo bo'lishi va rivojlanishi, janrning o'ziga xos xususiyatlari, ularning o'zbek tiliga qilingan tarjimalarining qiyosiy tahlili hamda Shekspir ijodining o'zbek she'riyatiga ta'siri atroflicha o'rganilgan.