“Саидхўжа Холдорхўжаевнинг ижро бисотидан намуналар”
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari vazirligi tasarrufidagi O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining notalashtirish fanidan yozilgan kurs ishi hisoblanadi. Kurs ishi Saidxo'ja Xoldorxo'jaevning ijro bisotidagi namunalariga bag'ishlangan. Unda Saidxo'ja Xoldorxo'jaevning hayoti, ijodi, musiqiy faoliyati va uning yaratgan asarlari haqida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, kitobda Xoldorxo'jaevning notaga olingan asarlaridan namunalar keltirilgan.