Қувасой шаҳар телекоммуникация боғламасида линия – кабел хўжалиги воситалари техник паспортизацияни автоматлаштириш
Mazkur bitiruv malakaviy ishi Qovasoy shahar telekommunikatsiya bog'lamasida liniya-kabel xo'jaligi vositalari texnik pasportizatsiyasini avtomatlashtirishga bag'ishlangan. Ishda telekommunikatsiya tarmoqlarining umumiy tushunchalari, liniya-kabel inshootlarining qurilish-montaj ishlari, xususan, ularni tayyorlash, mexanizatsiyalash, elektr o'lchovlarini o'tkazish hamda Qovasoy shahri telekommunikatsiya bog'lamasidagi liniya-kabel xo'jaligi vositalarining texnik pasportizatsiyasini avtomatlashtirish kabi masalalar yoritilgan. Shuningdek, mehnatni muhofaza qilish va texnika havfsizligi qoidalari ham bayon etilgan.