NOMA JANRINING O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTIDAGI O‘RNI
Ushbu ishda oʻzbek mumtoz adabiyotida noma janri, uning taraqqiyot bosqichlari va Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari asosida lirik obrazlar, badiiy-estetik va gʻoyaviy-falsafiy jihatlari tadqiq etilgan. Noma janrining paydo boʻlishi va shakllanishi, Sharq adabiyotida nomanavislik anʼanalari, mumtoz adabiyot tarixida nomanavislikning yetakchi xususiyatlari va badiiy ijod bilan aloqador jihatlari, Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari badiiy-estetik, gʻoyaviy-falsafiy jihatlari, mavzular talqini va poetik ifoda muammolari, nomaga oid asarlarning oʻzbek mumtoz adabiyoti tarixida tutgan oʻrni va ahamiyati atroflicha oʻrganilgan. Shuningdek, asarda ishlatilgan badiiy-estetik vositalar, badiiy-ma'rifiy va adabiy-estetik jihatdan foydaliligi ham tahlil qilingan.