Metrologiya va standartlashtirish
O‘quv-uslubiy majmua "METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH" fanidan
O‘quv-uslubiy majmua "METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH" fanidan
Ushbu O‘quv-uslubiy majmua "Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish" fanidan tayyorlangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy va ishchi o’quv dasturlari asosida yaratildi. Majmua talabalarga ushbu fanni chuqur o‘zlashtirishga yordam beradi. Unda fanining maqsadi va vazifalari, rivojlanish tarixi, asosiy tushunchalari, nazariy va amaliy jihatlari batafsil yoritilgan.
Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma "Standartlashtirish asoslari" fanidan amaliy mashg'ulotlarni bajarish uchun uslubiy ko'rsatma sifatida tayyorlangan. Qo'llanmada standartlashtirishning qonuniy asoslari, maqsad va vazifalari, tamoyillar, organlar, xizmatlar, nazariy, texnologik va metodologik asoslari, standartlashtirish obyektlari va parametrlarini optimallashtirish usullari, kompleks standartlashtirish, oldindan standartlashtirish, me'yoriy hujjatlar, ularning turlari, ishlab chiqish va joriy etish tartib-qoidalari, standartni tekshirish va qayta ko'rib chiqish, iqtisodiy samaradorlik, tarmoqlararo standartlashtirish tizimlari, texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarning yagona tasniflash va kodlash tizimi, xalq xo'jaligi taraqqiyotida standartlashtirishning ahamiyati hamda Davlat nazorati kabi muhim mavzular yoritilgan. Shuningdek, talabalar bilimini tekshirish uchun nazorat savollari, test savollari va topshiriqlar ham berilgan.
Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Namangan muhandislik - texnologiya instituti, "Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish" kafedrasi tomonidan tayyorlangan "Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish" fanidan ma'ruzalar matnidir. Kitobda fanga kirish, metrologiya va standartlashtirishning maqsad va vazifalari, ularning rivojlanish tarixi, metrologiyaga oid asosiy tushunchalar va qoidalar, o'lchashlar va ularning turlari, o'lchash xatoliklari va klassifikatsiyasi, o'lchash vositalari va ularning metrologik tavsiflari, standartlashtirish haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, sifatni boshqarish tizimi, xalqaro ISO-9000 seriyali standartlar, ekspert-auditorlar, texnik jihatdan tartibga solish, mahsulotni sertifikatlashtirish va uning turlari, metrologiya va standartlashtirish davlat tizimi asoslari kabi muhim mavzular ham o'rin olgan. Kitobda umumiy tushunchalar, qoidalar, nazariyalar bilan bir qatorda, amaliy misollar va nazorat savollari ham keltirilgan.
Ushbu kitob standartlashtirish, uning nazariy va metodologik asoslari, texnik va iqtisodiy asoslari, shuningdek, xizmatlar sohasidagi standartlashtirishning asosiy tamoyillari va metodlari, sifatni boshqarish tizimlari, shuningdek, raqobatbardoshlikni ta'minlashda standartlashtirishning ahamiyati, xalqaro va davlatlararo standartlashtirish hamda uning O'zbekiston texnik-iqtisodiy rivojlanishidagi o'rni kabi mavzularni o'z ichiga oladi.
Ushbu kitob mashinasozlikda detallarning o‘lchamlarini aniqlash, o‘zaro almashinuvchanlik va standartlashtirish kabi muhim mavzularni chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan. Kitobda metrologiya, aniqlik, toleranslar, o‘tqazishlar, turli birikmalar va ularning turlari, shuningdek mahsulotlarni sertifikatlashtirish va standartlashtirishning asosiy tamoyillari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Kitob zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida tayyorlangan bo‘lib, unda nazariy bilimlarni amaliyotga qo‘llashga katta e’tibor qaratilgan.
Standartlashtirish asoslari
Ushbu kitob "Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatsiya" fanidan ma'ruzalar matni bo'lib, bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan. Unda o'lchashlar, standartlashtirish, sifatni boshqarish va sertifikatlashtirishning nazariy va amaliy asoslari, texnikaviy vositalar, me'yoriy hujjatlar yoritilgan.
Kitob, kasb-hunar kollejlari uchun mo'ljallangan "Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish" fanidan o'quv qo'llanma bo'lib, O'zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari, ilmiy-texnikaviy yutuqlari va amaliy tajribalar asosida yaratilgan. Qo'llanma metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish sohasida bilim berishga qaratilgan.
Ushbu o‘quv-uslubiy majmua «Metrologiya va standartlashtirish» fani bo’yicha ma’ruza, tajriba, amaliy mashg’ulotlar asosida yaratilgan bo’lib, unda ma’ruza, amaliy mashg’ulotlarni o’rganish bo’yicha 60710600 – Elektr energetikasi va 60711000 – Muqobil energiya manbalari ta’lim yo’nalishi uchun fanning o’quv dasturi, ma’ruzalar matni, tajriba va amaliy mashg’ulotlariga uslubiy ko’rsatmalar, ta’lim texnologiyasi, vizual va ko’rgazmali taqdimot slaydlari, savol-javoblar, test savollari jamlangan. Mazkur o’quv-uslubiy majmua oliy o’quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga o’quv-uslubiy majmuadan professor-o’qituvchilar, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar va korxonalarning mutaxassislari foydalanishlari mumkin.