Styles of pronunciation and relation with reduction and elision of vowels in english
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tizimini modernizatsiyalashning qadriyatli yoʻnalishlari. Oʻzbekistonda ham taʼlim islohotlarining qadriyatlari yoʻnalishlari qaror topib bormoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida «Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir», deb belgilab qo‘yilgan. 42-moddasida esa, «har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanishi; davlat jamiyatning madaniy, ilmiy, texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qilishi» ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining 4-moddasida bilim olish huquqi qadriyat sifatida quyidagicha ko‘rsatib qo‘yilgan: «Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha yashaganidan qat’i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi». Bilim olish huquqi: - davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish; - ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish; - ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o‘qitish, shuningdek, ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to‘lov evaziga kasb-hunar o‘rgatish; - barcha ta’lim muassasalari bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o‘quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo‘lishi; - oilada yoki o‘zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akreditatsiyadan o‘tgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta’minlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari O‘zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega. Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilim olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega». Bundan tashqari, mazkur hujjatning 3-moddasida ko‘rsatib berilgan ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari ham o‘zida muhim aksiologik yondashuvni aks ettiradi. birinchidan, ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; ikkinchidan, ta’limning uzluksizligi va izchilligi; uchinchidan, umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; to‘rtinchidan, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; beshinchidan, ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; oltinchidan, davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olshning hamma uchun ochiqligi; ettinchidan, ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashgan yondashuv; sakkizinchidan, bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish; to‘qqizinchidan, ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.