Toksikologik kimyo
Ushbu kitob "Toksikologik kimyo" fanidan dori vositalarining toksikologik ahamiyati, ajratib olish va tahlil usullari, shuningdek, ularning kimyoviy tuzilishi, o'ziga xos reaksiyalari va miqdorini aniqlash usullari kabi muhim masalalarni o'z ichiga oladi. Kitobda zaharli moddalarni biologik ob'ektlardan ajratish, tozalash va aniqlash usullari, shuningdek, gaz xromatografiyasi va spekrtrofotometriya kabi zamonaviy usullardan foydalanish keng yoritilgan. Fan bo'yicha talabalarning bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan uslubiy tavsiyalar ham keltirilgan.