Avtomobillar konstruksiyasi
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan nashr etilgan bo‘lib, unda "Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi" fanidan kurs ishi mavzulari, nazariy mashg'ulotlar, laboratoriya mashg‘ulotlari, mustaqil ta'lim va nazorat savollari keltirilgan. Kitobda avtomobilning umumiy tuzilishi, mexanik va gidravlik tizimlari, dvigatelning ishlash jarayoni, yonilg‘i bilan ta'minlash tizimi, moylash va sovutish tizimlari, transmissiya, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, differentsial, yarim o‘qlar, yurish qismi, rul boshqarmasi, tormoz boshqarmasi, tortish-tezlik xususiyatlari, dinamik omillar, yonilg‘i tejamkorligi, boshqariluvchanlik, turg‘unlik, o‘tuvchanlik, yurish ravonligi, ekologik xususiyatlari hamda ularning ekspluatatsiyasi bo‘yicha ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, kurs ishlari va laboratoriya mashg'ulotlari uchun materiallar, test savollari va foydalanilgan adabiyotlar keltirilgan.