Xitoy tilida avtomobilsozlik atamalarining leksik semantik va struktur tahlili
Ushbu tadqiqot ishi Xitoy tilidagi avtomobilsozlik atamalarining leksik-semantik va struktur tahliliga bag'ishlangan. Unda avtomobilsozlik sohasiga oid terminlarning yasalish usullari, ya'ni affiksatsiya, kompozitsiya va boshqa usullar orqali hosil bo'lgan so'zlar tahlil qilinadi. Kitobda Xitoyda avtomobilsozlik sanoatining rivojlanish tarixi, atamalarning o'zlashtirish usullari, jumladan semantik va fonetik kalkalash usullari, shuningdek, atamalarning struktur jihatdan tahlili keng yoritilgan. Shuningdek, matnlarda uchragan avtomobilga oid atamalar o'rganilib, ularning miqdor va struktur jihatdan tahlili berilgan.