Chuqur aralashma sathli pCdTe-nCdS va pCdTe-nCdSe geterotizimli quyosh elementlarining optik, elektrofizik va fotoelektrik xususiyatlarini tadqiq qilish
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti huzuridagi Ilmiy Darajalar Beruvchi PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04 Raqamli Ilmiy Kengashi hamda Farg'ona Davlat Universiteti tomonidan bajariilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi pCdTe-nCdS va pCdTe-nCdSe geterostrukturalari asosida quyosh batareyalari yaratishda elektrofizik, optik va fotoelektrik xususiyatlarini oʻrganib, ularning tok va signal quvvatini oshirishdan iborat. Tadqiqot doirasida chuqur aralashma sathli pCdTe-nCdS va nCdTe-pCdSe asosidagi geterostrukturani olishning optimal texnologiyasi topildi va kumush va mis bilan legirlangan pCdTe-nCdS va nCdTe-pCdSe geterostrukturali quyosh elementlarining elektrofizik hamda optik va fotoelektrik xususiyatlari oʻrganildi. Shuningdek, kadmiy telluridda legirlangan aralashmalar bilan chuqur markazlarning hosil boʻlish xususiyatlari oʻrganildi va ularning tok va signal quvvatini oshirish hamda quyosh energiyasini yigʻish samaradorligini oshirishda chuqur markazlarning shakllanishiga turli texnologik omillarning ta’siri oʻrganildi. Tadqiqot natijalari asosida havoning ifloslanishini aniqlash uchun optik datchiklar va fotoelektrik modullar ishlab chiqildi va ulardan Arduino platformasi orqali foydalanish yoʻllari koʻrsatib berildi. Tadqiqotda ilmiy yangiliklar jumlasiga kirishish usulida ilk bor, chuqur aralashma sathga ega pCdTe-nCdS va pCdTe-nCdSe asosidagi geterostrukturali quyosh elementlarini oʻstirish yuqori tenperaturali vakuumda bugʻlatish yoʻli bilan optimal texnologiyasi topilganligi, Ag va Cu ning yuqori haroratli diffuzion kiritilishi natijasida CdTe ning aralashmali fotooʻtkazuvchanlik mavjudligi aniqlanganligi, keng boʻshliqli optik oyna sirt rekombinatsiyasi tezligini sezilarli darajada pasaytrish orqali plyonka geterostrukturasining yigʻish koeffitsiyentini oshishiga olib kelganligi va haroratning oshishi bilan spektrning qisqa va uzun toʻlqin sohalarida geterostrukturaning fotosezgirligi kuchayib borishi, faollashuv energiyasi Ec– 1,15 eV teng boʻlgan chuqur aralashmalar sathining mavjudligi bilan koʻrsatilganligi kabilar kiradi. Tadqiqot natijalari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida