COVID-19 ўтказган беморлар ичакларининг функционал ҳолати ва микрофлорасини ўрганиш ҳамда даволашни мувофиқлаштириш
Ushbu dissertatsiya avtoreferati COVID-19 infeksiyasini o'tkazgan bemorlarning ichaklari mikrobiota holati, yallig'lanish jarayonlarini o'rganish hamda davolash usullarini takomillashtirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda bemorlarning gastroentestinal holati, Helicobacter pylori va kalprotektin ko'rsatkichlari, qondagi interleykin-6 darajasi tahlil qilingan. Rebamipid (mukogen) preparatini qo'llash samaradorligi o'rganilib, uning ichak mikroflorasini tiklash va yallig'lanishni kamaytirishdagi roli ko'rsatilgan. Tadqiqot natijalari COVID-19 dan keyingi davrda ichaklardagi o'zgarishlarni aniqlash va davolash usullarini yaxshilashga qaratilgan.