Umumiy fizika (elektr bo'limi)
Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimini darslik va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2009-yil 5-yanvar 4-son qaroriga muvofiq texnika oliy ta’lim muassasalarining 60712100 - Metallurgiya, 60721500 - Konchilik ishi, 60721900 - Konchilik elektr mexanikasi, 60720800 - Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish, 60720300 - Texnologik mashinalar va jihozlar, 60710100 - Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo’yicha), 60710700 - Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar, 5320300 - Texnologik mashinalar va jihozlar, 5310600 - Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi yo‘nalishlari bakalavr talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda Umumiy fizika fanining Elektr bo‘limidan barcha mavzular bayoni berilgan. Mavzularni mustahkamlash uchun xizmat qiluvchi savol va masalalar bilan ham ta’minlangan. Darslikda fizikaviy masalalarni yechishning qiziqarli, sodda va qulay usullari bilan birga ko‘plab hayotiy va qiziqarli masalalar ham o‘rin olgan. Ushbu darslik texnika oliy ta’lim muassasalari Umumiy fizika fanining fan dasturi asosida tayyorlangan.