Saqlash jarayonida donlarni o'z-o'zidan saralanishining don sifatiga ta'siri
Mazkur diplom ishi, Donning oʻz-oʻzidan saralanishi va uning don sifatiga ta'sirini oʻrganish mavzusida tayyorlangan. Ish jarayonida donni saqlash jarayonida yuzaga keladigan turli omillar, xususan, donning oʻz-oʻzidan saralanishi, uning kimyoviy tarkibining oʻzgarishi, namlik, harorat, havo almashinuvi kabi omillarning donning sifatiga ta'siri chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, donni saqlashda amalga oshiriladigan turli texnologik jarayonlar, jumladan, tozalash, saralash, sovutish, quritish va ventilyatsiya kabi tadbirlarning ahamiyati, ularning samaradorligi va iqtisodiy samaradorligi koʻrib chiqilgan. Ishda don sifatini baholash usullari, sifat koʻrsatkichlari hamda ularga ta'sir etuvchi omillar haqida ham ma'lumot berilgan. Diplom ishi Oʻzbekistonda bugʻdoy yetishtirish va saqlashning dolzarb muammolarini yechishga hamda don mahsulotlari sifatini yaxshilashga qaratilgan.