Koreys tilida frazeologizmlar, zoonimlar ishtrok etgan frazeologizmlarning talqini
Ushbu maqolada koreys va o'zbek tillaridagi frazeologizmlar, xususan zoonimlar (hayvon nomlari bilan bog'liq iboralar) tahlil qilinadi. Unda frazeologizmlarning madaniy ahamiyati, semantik xususiyatlari, metaforik ko'chirilishi va milliy o'ziga xosliklari ko'rib chiqiladi. Maqolada zoonimlar ishtirokidagi frazeologizmlarning turlari, ularning tuzilishi va ma'nolari izohlanadi. Koreys tilidagi frazeologizmlarning o'zbek tilidagi frazeologizmlar bilan o'xshash va farqli jihatlari misollar orqali ko'rsatilgan. Maqolaning asosiy maqsadi turli tillardagi frazeologizmlar orqali madaniyatlararo tushunishni rivojlantirish va tillarning o'ziga xosligini ochib berishdir.