Markaziy Qizilqum fosforitlaridan olingan ekstraksion fosfat kislotasini tozalab, ftorli tuzlar va ftorsizlantirilgan fosforli o‘g‘itlar olish texnologiyasini yaratish
Ushbu dissertatsiya Markaziy Qizilqum fosforitlaridan olingan ekstraksion fosfat kislotasini (EFK) tozalash va ftorsizlantirish, natijada olingan mahsulotlardan ftorli tuzlar va ftorsizlantirilgan fosforli oʻgʻitlar olish texnologiyasini yaratishga bag'ishlangan. Tadqiqotda EFKni tozalashda natriy tuzlarining (Na2SO4, Na2HPO4, Na2CO3) va kremniy (IV)-oksidi/Na2SiO3 ning ta'siri oʻrganilib, ularning maqbul parametrlari aniqlangan. Ftorli gazlarni (HF, SiF4) qoʻshimcha ishlov berish orqali ajratib olish va qayta ishlash texnologiyalari ishlab chiqilgan. Mavzuni dolzarbligi Oʻzbekistonning milliy iqtisodiyotini rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsiz texnologiyalar yaratish bilan bogʻliq. Tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqarish uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan.