Gidrogazodiamika
Ushbu kitob quyosh energiyasining elektr energiyasiga aylanishi va bu jarayonlarning asosiy qonuniyatlari, fotoelementlarning ishlash prinsipi, ularni tayyorlash texnologiyalari va nazariy hisoblash usullari haqida ma'lumot beradi. Unda quyosh elementlarining turli konstruksiyalari, ularning optik va elektrofizik xususiyatlari, tashqi omillarning ta'siri hamda ularni samaradorligini oshirish yo'llari tahlil qilingan. Kitobda shuningdek, yarim o'tkazgichli materiallar, omik kontaktlar, akslanishni kamaytiruvchi qatlamlar, piroliz usuli, termik ishlov berish, fotolitografiya va boshqa texnologik jarayonlar hamda ulardan foydalanishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari yoritilgan. Kitobda elektr energiyasini saqlash, taqsimlash va iste'mol qilish tizimlari, jumladan, quyosh batareyalari va fotoelektrik qurilmalarining samaradorligi hamda ularning foydali ish koeffitsientini hisoblash usullari ham o'rganilgan.