Gipertoniya kasalliklarini xalq tabobati bilan davolash uchun tovarlar olish va ularni sinflash
Ushbu dissertatsiya ishi gipertoniya kasalligini xalq tabobati bilan davolash uchun tabiiy oziq-ovqat qoʻshimchasini ishlab chiqish, uning kimyoviy tarkibini va biologik faolligini aniqlash hamda uni klassifikatsiya qilishga bag'ishlangan. Tadqiqotda zira, yalpiz, ajgon, jambil, kiyikoʻt o'simliklaridan iborat "Asbosim" nomli yangi tabiiy oziq-ovqat qoʻshilmasi yaratilgan. Ushbu qoʻshimchaning tarkibi, vitaminlar, mikro va makro elementlar, uglevodlar, oqsillar, polifenollar hamda antioksidantlik faolligi aniqlangan. Shuningdek, "Asbosim" qoʻshilmasining gipertoniya kasalligini davolash va oldini olishdagi samaradorligi klinik tadqiqotlar orqali tasdiqlangan. Natijalarda, "Asbosim" qoʻshilmasining yurak faoliyatini yaxshilashi va gipertoniyaga qarshi samarali ekanligi isbotlangan. Ishda qoʻshimchani TIF TN boʻyicha klassifikatsiya qilish va unga yangi tovar kodini ishlab chiqish boʻyicha ham tavsiyalar berilgan.