Ma’lumotlar bazasini boshqarish va dasturlash texnologiyalari
Ushbu o'quv-uslubiy majmua "Ma'lumotlar bazasini boshqarish va dasturlash texnologiyalari" fanini o'qitish bo'yicha ta'lim texnologiyalari, ularni o'quv jarayoniga qo'llash bo'yicha uslubiy tavsiyalar bayon etilgan. Ushbu tavsiyalar didaktik tamoyillar, ma'ruza, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarini o'tish texnologiyalarini ishlab chiqishning usul va vositalari, ularning muhim belgilaridan iborat ta'limni texnologiya qoidalarini hisobga olgan holda loyihalashtirilgan. O'quv-uslubiy majmua texnika oliy ta'lim muassasalari o'qituvchilari va talabalari hamda "Ma'lumotlar bazasini boshqarish va dasturlash texnologiyalari" fanini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo'llash jarayonlariga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan. Majmua "Ma'lumotlar bazasini boshqarish va dasturlash texnologiyalari" fanidan amaliy ishlarni bajarish bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar berilgan. Unda ma'lumotlar bazasi turlari va vazifalari, MS Accessda ishlash, jadval yaratish, so'rov yaratish, forma yaratish, SQL tili haqida tushuncha; Ma'lumotlar bazasi arxitekturasi, SQl tili, MS Sql Server, oracle haqida umumiy ma'lumotlar haqida tasavvurga ega bo'lishi; Zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari, tarmoq texnologiyalari, komputer texnikasi va texnologiyalari hamda ular uchun ishlab chiqilgan amaliy dasturlarni bilishi va ulardan foydalana olishi; Axborot texnologiyalari bilan bog'liq texnika va texnologiyalardan, dasturlardan foydalanib turli amaliy masalalrni hal qila olish ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak.