Harbiylar uslubida zamonaviy liboslar to'plami dizayn loyihasini ishlab chiqish
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Liboslar dizayni" kafedrasiga tegishli bitiruv malakaviy ishi hisoblanadi. Unda Eshonqulova Maftuna tomonidan "Harbiylar" uslubida zamonaviy liboslar to'plami dizayn loyihasini ishlab chiqish" mavzusi yoritilgan. Kitobda loyiha oldi qismi, loyiha qismi (eskiz loyihalash, texnik eskizlar), konstruktorlik-texnologik qism, ekologik qism, xulosa va adabiyotlar ro'yxati keltirilgan.