Hindiy tilida “O’zlashma” definitsiyasi
Ushbu maqola hind tilida 'o'zlashma' (borrowing) hodisasini tahlil qiladi. Unda 'o'zlashma' so'zining ta'riflari, tillarning o'zaro aloqasi natijasida so'zlashuvlar, morfema, sintaktik va frazeologik birliklarning o'zlashishi, bu jarayonning tarixiy sabablari, xususan, madaniy va iqtisodiy aloqalarning ta'siri ko'rib chiqiladi. Shuningdek, o'zlashma so'zlarning og'zaki va yozma shaklda o'zlashishi, ularning til tizimiga moslashishi va natijada tub tillardan farqlanib turishi haqida ma'lumot beriladi. Maqolada hindiy tilidagi 'o'zlashma' so'zi uchun ishlatiladigan turli atamalar (udddhrit, grahan, ayyat shabd, agat shabd, loan word, borrowing) ma'nolari, etimologiyasi va qo'llanilishi tahlil qilinadi. Ingliz tilidan o'zlashgan so'zlar, jumladan 'loan' va 'borrowing' tushunchalari hindiy tilidagi ekvivalentlari bilan qiyoslanadi va ularning qo'llanilishidagi farqlar izohlanadi. Maqola o'zlashma so'zlarning til rivojidagi ahamiyatini va ularning to'g'ri qo'llanilishining muhimligini ta'kidlaydi.