Ildizmevalarni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi
Ushbu o'quv-uslubiy majmua "Ildizmevalarni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi" fanidan tayyorlangan bo'lib, unda ildizmevalarni saqlash, qayta ishlash va ularning kimyoviy tarkibi, shuningdek, ularning sifatini aniqlash kabi mavzular yoritilgan. Majmuada nazariy ma'lumotlar bilan bir qatorda amaliy mashg'ulotlar va ularni bajarish tartibi ham berilgan. Kitobda qishloq xoʻjaligi sohasida tahsil olayotgan talabalar va mutaxassislar uchun zarur bo'lgan qimmatli ma'lumotlar jamlangan.