Irony in dramatic works
Ushbu maqola dramatik asarlarda kinoyaning o'ziga xos o'rni, uning ijodiy va lingvistik jihatlari, shuningdek, Shakespeare asarlaridagi qo'llanilishi haqida atroflicha tahlil qiladi. Maqolada yumor, satira va kinoya o'rtasidagi bog'liqlik hamda dramaturgiya va tomoshabinlar o'rtasidagi munosabatlar ko'rib chiqiladi. Kinoyaning turli shakllari, jumladan, dramatik kinoya va uning syujetdagi o'rni ham tahlil qilinadi. Xususan, Hamlet asari orqali kinoyaning she'riy va nasriy uslublardagi ifodasi, personajlar nutqidagi o'ziga xosliklar va ularning obrazlarini ochib berishdagi o'rni batafsil yoritilgan. Maqola kinoyaning adabiyot va teatr san'atida muhim rol o'ynashini, uning badiiy ta'sirchanlikni oshirishdagi ahamiyatini ta'kidlaydi.