«Umumiy va anorganik kimyo» fanidan ma`ruzalar
Ushbu kitobda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi institutining «Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» fakulteti talabalari uchun moʻljallangan «Umumiy va anorganik kimyo» fanidan maʼruzalar matni keltirilgan. Ma'ruzalar matni institutning Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi ta`lim yo`nalishlari I kurs bakalavriyat talabalariga mo`ljallangan bo`lib, I qismida "Umumiy kimyo" kursiga tegishli bo`lgan: kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari, atom tuzilishi, kimyoviy bog`lanish va uning turlari, kimyoviy jarayonlar borishining asosiy qonuniyatlari, eritmalar, ularning xossalari, eritmalarda boruvchi jarayonlar, elektrokimyoviy jarayonlar va kompleks birikmalar bo`limlarini o`z ichiga olgan mavzular bayon etilgan.