Meva va sabzavotchilik
Ushbu o'quv-uslubiy majmua «Meva va sabzavotchilik» fanining nazariy va amaliy jihatlarini o'z ichiga oladi. Unda mevali daraxtlarning morfologik va biologik xususiyatlari, ularni yetishtirish texnologiyasi, o'g'itlash, sug'orish, ko'chat tayyorlash, payvandlash usullari, bog' yaratish va uni parvarishlash hamda meva navlari haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, kitobda turli mevali ekinlarning hosildorligi, ularning iqlimga va tuproqqa bo'lgan talablari hamda kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash choralari ham yoritilgan. Kitobda talabalar bilimini baholash uchun savollar va testlar ham keltirilgan.