Mikoplazmadan DNKni ajratish usullarini optimallashtirish
Ushbu bitiruv malakaviy ishi mikoplazmadan DNKni ajratish usullarini optimallashtirishga bag'ishlangan. Ishda TORCH infeksiyalari, mikoplazmalar va ularning diagnostikasi, DNK ajratib olish usullari (fenol-xloroformli, STAB, GuSCN+SiO2), DNK miqdorini aniqlash, va PZR usuli yordamida DNKni tahlil qilish kabi mavzular yoritilgan. Tadqiqotda mikoplazmadan DNKni ajratib olishning eng maqbul usuli GuSCN + SiO2 li usul ekanligi aniqlandi.