Minеralоgiya kristallоgrafiya va kristallokimyo
Ushbu uslubiy qo'llanma Urganch Davlat universiteti Kimyoviy texnologiya fakultetining “Kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, mineralogiya, kristallografiya va kristallokimyo fanidan laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazish uchun nazariy va amaliy tavsiyalar, hisoblash ishlarini bajarish uslublari, natijalarni rasmiylashtirish qoidalari kabi masalalarni o'z ichiga oladi. Qo'llanmada minerallarning nur sindirish koeffitsientini aniqlash, ikkilamchi nur sindirish ko'rsatkichini aniqlash, solishtirma og'irlikni gidrostatik va piknometr usulida aniqlash, minerallarning suyuqlanish darajasini aniqlash, qattiqligini aniqlash hamda kristall tuzilishini rengenografik usulda aniqlash kabi mavzular chuqur yoritilgan.