🔍

Geologiya va mineralogiya

Ushbu kitob "Geologiya va Mineralogiya" fanidan ma'ruzalar matni bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o'quv dasturi asosida tayyorlangan. Kitobda geologiya va mineralogiya fanining asosiy tushunchalari, Yerning geologik tuzilishi, endogen va ekzogen jarayonlar, tog' jinslari va minerallar, relef shakllari va ularning genezisi kabi mavzular yoritilgan. Talabalarning bilimlarini mustahkamlash maqsadida har bir mavzu jadval, rasm va sxemalar bilan to'ldirilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Geologiya, mineralogiya va petrografiya asoslari

Ushbu kitob geologiya, mineralogiya va petrografiya asoslari fanidan o‘quv-uslubiy majmua bo‘lib, unda ma‘ruzalarni o‘rganish hamda amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar, o‘quv dasturi, ta‘lim texnologiyalari, ko‘rgazmali slaydlar, savol-javoblar, test savollari, joriy, oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlari jamlangan. Kitob qurilish sohasida tahsil olayotgan talabalar, o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, aspirantlar va tadqiqotchilar, malaka oshirish fakultetlarida o‘z malakalarini oshirayotgan professor-o‘qituvchilar hamda pedagogika va psixologiya sohasiga qiziquvchilar uchun tavsiya etiladi.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Geologiya, mineralogiya va petrografiya asoslari

Ushbu kitob «Geologiya, mineralogiya va petrografiya asoslari» o'quv qo'llanmasi bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida «Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish» ta'lim yo'nalishidagi talabalar uchun tayyorlangan. Qo'llanmada yerning geologik tuzilishi va petrografiya to'g'risida umumiy tushuncha, minerallar, tog' jinslari to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, geologik yilnoma, tektonik hodisalar, seysmik hududlarda qurilish ishlari, yer osti suvlari, ularning harakatlanish qonuniyatlari, tabiiy geologik hodisalar, muhandislik-geologik jarayonlar haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. Kitobda tog' jinslarining fizik-mexanik xususiyatlarini o'rganish bo'yicha ham ma'lumotlar keltirilgan. Kitob qurilish sohasining muhandis-texnik xodimlari uchun ham foydali bo'lishi mumkin.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%