Neft va gaz kimyosi
Ushbu o‘quv qo‘llanma neft va gazni jismoniy-kimyoviy xossalari, ularni tadqiqoti va tarkibiy qismlarga ajratish usullari hamda neft va gazni tarkibiga kiruvchi birikmalarning asosiy sinflarining xossalari va reaksiyalari ko‘rib chiqilgan. Neftning hosil bo‘lishi, termik va termokatalitik o‘zgarishlari kimyosi, neft va gaz uglevodorodlarining gidrogenolizi va boshqa reaksiyalari jarayonlari masalalari yoritilgan. Yoqilg‘i va moylar asosiy turlarining tarkibi va ekspluatatsion xossalari haqida ma‘lumotlar keltirilgan.
O‘zbekistondagi tabiiy gaz, gaz kondensatlari va neft haqidagi ma‘lumotlar keltirilib, tahlil qilingan.
Neft va gaz kimyosi, neftni qayta ishlash sanoati muhandis-texnik, ilmiy xodimlari va ushbu sohalar bo‘yicha kadr tayyorlovchi oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun mo‘ljallangan.
Ushbu o‘quv qo‘llanma 5γβ1400 – Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi mutaxassisliklari uchun mo‘ljallangan «Neft va gaz kimyosi» fani bo‘yicha tayyorlangan bo‘lib, u quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladi: kirish, neft va tabiiy garlar, neftni sinflash va tovar neft mahsulotlarining tavsifi, neft va neft mahsulotlarining fizik-kimyoviy xossalari, neft va gaz tarkibini ifodalash va aniqlash usullari, neft va gaz tarkibining o‘rganish va komponentlarni ajratib olish usullari, neftning kimyoviy tarkibi, neftning getroatomli birikmalari va mineral komponentlari, neft va neft fraksiyalarini sanoatda qayta ishlash kimyoviy jarayonlari, neftni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan to‘yinmagan uglevodorodlar va ularning fizik-kimeviy xossalari, tabiiy gaz tarkibidagi oltingugurtli moddalarning fizik kimyoviy xususiyatlari, asosiy organik sintezning xom ashyosi va jarayonlari, tabiiy gazni chuqur qayta ishlash bilan individual gaz komponentlarini ajratib olish, neftni destruktiv qayta ishlash jarayoni.