Biokimyo va molekulyar biologiya (1-qism)
Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma "Biokimyo va molekulyar biologiya" fanining dolzarb va murakkab mavzularini chuqur o'rganishga mo'ljallangan bo'lib, unda talabalarga organizm va hujayra darajasida kechadigan biokimyoviy jarayonlar, ularning qonuniyatlari, nazariy asoslari hamda amaliy ko'nikmalar beradi. Kitobda biokimyoning asosiy tushunchalari, molekulyar biologiyaning rivojlanish tarixi, oqsil, uglevod, lipid, nuklein kislotalar va vitaminlarning tuzilishi, xossalari hamda metabolizmi keng yoritilgan. Shuningdek, fermentlar va ularning ahamiyati, energiyaning hosil bo'lishi va sarflanishi, moddalar almashinuvining boshqarilishi kabi muhim mavzular ham batafsil tahlil etilgan. Qo'llanma laboratoriya mashg'ulotlari uchun ham qo'llanma sifatida foydali bo'lib, unda mashg'ulotlar texnikasi, eritmalarni tayyorlash, sifat reaksiyalari, miqdoriy aniqlash usullari kabi amaliy ko'nikmalar berilgan.